Davlat rahbari Qozog`iston Respublikasi hukumati to`g`risidagi qarorni imzoladi, deya xabar bermoqda "Kazinform" nashri matbuot xizmatiga tayanib.
Qaror bilan Qozog`iston Respublikasi Hukumatining iste`fosi qabul qilindi.
Shuningdek, mamlakat Bosh vazirining vazifalari vaqtincha uning o`rinbosari, Smailov Alixan Asxanovich zimmasiga yuklatildi.
Shuningdek, Qozog`iston Respublikasi Hukumati a`zolari hukumatning yangi tarkibi tasdiqlanmagunicha o`z vazifalarini bajarishda davom etishlari aytiladi.
Eslatib o`tamiz, Qozog`istonda aholining suyultirilgan gaz narxi ko`tarilishiga qarshi noroziliklari bo`lib o`tmoqda.






