Yagona Umumrespublika prosessing Markazi ATSdagi tarmoq uskunalarida yuz bergan nosozlik sababli 12 may kuni soat 10:55 dan boshlab terminallarning prosessing markazi bilan aloqasi yo`qolganligi haqida ma`lum qildi.
Prosesing markazi tomonidan ushbu noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida barcha choralar ko`rildi.
Ma`lumotlarga ko`ra, ayni damda terminallar ish faoliyatini tiklagan.
Uzcard etkazilgan noqulaylik uchun mijozlardan uzr so`radi.





