AsosiyJamiyat

Ko`p kvartirali uylarni boshqarish qoidalari tasdiqlandi

'Ko`p kvartirali uylarni boshqarish qoidalari tasdiqlandi'ning rasmi

Hukumat qarori (3-son, 03.01.2022 y.) bilan Ko`p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Nizomga muvofiq, ko`p kvartirali uylarni boshqarish faoliyati uy-joydan foydalanishda qulay va xafsiz sharoitlarni yaratish, umumiy mol-mulkni saqlash va undan foydalanish uchun zarur xizmatlar va ishlarni qamrab oladi.

Ko`p kvartirali uyni boshqarish organi uyga kirish qismida quyidagi ma`lumotlarni doimiy joylashtirib borishi shart:

  • boshqarish organining nomi, manzili, telefoni, ish tartibi, veb-sayti;
  • kommunal xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlarniing aloqa telefonlari;
    ta`mirlash ishlari vaqti;
  • majburiy badal, ko`rsatiladigan xizmatlar uchun to`lov miqdori.

Boshqarish organi avariya vaziyatlarini bartaraf etadigan 24 soat ishlaydigan avariya-dispetcherlik xizmatini tashkil etishi kerak.

Bunda avariya-dispetcherlik xizmati mulkdorlarning qo`ng`iroqlariga 3 minutdan ko`p bo`lmagan vaqtda javob berishi lozim.

Shuningdek, xonadonlardagi kanalizasilar tiqilib qolganida va ifloslanish holatlari bo`lganida bu holatlar 2 soatda bartaraf etilishi kerak.

Sovuq, issiq suv, issiqlik va elektr ta`minoti va kanalizasiya avariyaviy shikastlanganda bu holatlar 3 kunda bartaraf etiladi.

    Boshqa yangiliklar