Qozog`iston prezidenti Qasim-Jomart Toqaev televidenie orqali murojaatida mamlakat xavfsizlik kengashi raisi lavozimini egallaganini ma`lum qildi. Bu haqda Ria Novosti xabar berdi.
"Men bugundan boshlab Qozog`iston Respublikasi Xavfsizlik kengashi raisiman", - deya Toqaev so`zlaridan keltirmoqda informburo.kz nashri.
Ma`lumot uchun, ushbu lavozimda elboshi Nursulton Nazarboev faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, Toqaev xalqi bilan murojaatda vaziyat qanday bo`lishidan qat`iy nazar, poytaxtda xalq bilan birga bo`lishini ma`lum qilgan. Mamlakatda yuz bergan qarama-qarshiliklar vaqtida polisiya vakillari ham halok bo`lganini aytib o`tdi.