2022 yilning 3 yanvar kuni Andijon viloyati IIB JQB hamda Andijon shahar IIOFMB JQB tezkor xodimlarining hamkorligida tezkor-tadbir o`tkazildi.
Ma`lum bo`lishicha, tadbir davomida fuqaro T.U. Andijon shahar Yangi hayot MFY o`ramida joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari bozorida xolis xaridorga sof og`irligi 2.54 gr bo`lgan “Gashish” giyohvandlik vositasini 500.000 so`m evaziga sotayotgan vaqtda, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Olib borilgan tezkor tadbir davomida T.U.,ning yonlari ko`zdan kechirilganida, uning egnida bo`lgan qora rangli kurtkasining o`ng cho`ntagidan bir bo`lak, sof og`irligi 0,28 gr bo`lgan, tezkor tadbirga xaridor sifatida jalb qilingan shaxsga sotilgan, sof og`irligi 2.54 gr. bo`lgan “Gashish” giyohvandlik vositasidan ortib qolgan “Gashish” giyohvandlik vositasini boshqa shaxslarga sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan T.U.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qisimi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Fuqaro T.U.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi hamda 25, 273-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e`lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






