Qozog`iston Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotiga ko`ra, 6 yanvar kuni mamlakatning ikkita shaharlarida koronavirusning yangi "omikron" shtammi bilan bog`liq ilk holatlar aniqlangan.
Ma`lum qilinishicha, kasallikning ilk holatlari Olmaota va Nur-Sulton shaharlarida aniqlangan. Jumladan, Olmaotada 7 kishida, Nur-Sultonda esa bir kishida qayd etilgani aytilmoqda.
"Genotiplash natijalariga ko`ra, 8ta namunada "omikron" holatlari aniqlandi", - deya xabar bergan mamlakat sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. .