Pokistonning Murri shahrida qor ko`chkisi oqibatida 20dan ziyod kishi halok bo`ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, halok bo`lganlarning mashinalari qor ostida qolib ketgani aytilmoqda. Hukumat bergan ma`lumotlarga ko`ra, baxtsiz hodisa tufayli 21 kishi halok bo`lgan.
Hozirda Murri shahri xavfli zona sifatida qaralmoqda. Qizig`i shundaki, ko`plab avtomobilda sayyohlar g`ayrioddiy kuchli qor yog`ishini tomosha qilish uchun hududga tashrif buyurishgan.