Bugun ijtimoiy tarmoqlardan birida Toshkent kuranti minoralaridagi soatlardan birida texnik nosozlik yuz berganligi haqida xabar joylandi. Bu haqda Toshkent Davlat yuridik universitet talabasi o`zining blogida shunday deb yozadi:
“Biz o`qiydigan universitet Amir Temur xiyoboni yonida joylashgani uchun Toshkent kurantini haftada deyarli har kuni ko`raman. Uch kundan beri esa kurant minoralarining biridagi soat ikkinchisidan 10 minut oldinga o`tib ketganligini ko`ryapman. Quyidagi suratlarda siz ham buni ko`rishingiz mumkin. Kurant minoralaridagi soatlarning uch kundan beri to`g`rilab qo`yilmaganiga qaraganda, ularning biri 10 minut oldinlab ketganini ko`pchilik, shu jumladan, Toshkent shahri ma`muriyati ham payqamagan ko`rinadi. Umid qilamanki, ushbu postdan so`ng kurant soatlarida vujudga kelgan texnik nosozlik tez fursatlarda bartaraf etiladi.
P.S: Surat 2016 yil 14 may, soat 10:00 da TDYuU talabasi Ziyoev Hamidulla tomonidan olingan.”

Sinchkov talabalar tomonidan aniqlangan ushbu xatolik tez fursatlarda bartaraf etiladi degan umiddamiz!





