AsosiyJinoyat

Toshkentda bir necha ayollar bozorga o`g`irlikka tushdi. IIB rasmiy munosabat bildirdi

'Toshkentda bir necha ayollar bozorga o`g`irlikka tushdi. IIB rasmiy munosabat bildirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta ayollarning bozorlarda o`g`rilik sodir etayotganligi haqidagi xabarlar va videotasvirlar tarqalmoqda. Toshkent shahar IIBB tomonidan o`tkazilgan tekshiruv davomida quyidagilar aniqlandi.

2022 yil 9 yanvar taxminan soat 12:30 larda to`rt nafar noma`lum ayollar Chilonzor buyum savdo kompleksidagi do`konlarning biriga xaridor sifatida kelib, sotuvchi chalg`iganligidan foydalanib, 280.000 so`mlik buyumlarni yashirin ravishda olib ketishgan

Ko`rilgan tezkor tadbirlar natijasida ayollar aniqlanib, ular tomonidan etkazilgan zarar to`liq qoplangan. 

Hozirda ushbu ayollar Yu.Z., X.D., M.X., A.S.larga nisbatan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O`g`rilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar