Tailand hukumati 2022 yildan mamlakatga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun soliq joriy qilmoqchi. Bu haqda Deita.ru xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi qonun apreldan kuchga kirishi hamda soliq miqdori taxminan 9 dollarni tashkil etishi mumkin.
Rasmiylar ma`lumotiga ko`ra, tushgan mablag`lar turistik yo`riqnomalar va sayyohat sug`urtasini ishlab chiqish uchun sarflanishi aytildi.
Shuningdek, hukumat transport vositalarida tashrif buyurganlar uchun ham soliq joriy qilish bo`yicha muzokaralar o`tkazmoqda.