Kinematografiya agentligi tomonidan “Milliy kinematografiya – Yangi O`zbekiston timsoli” kino oyligi davom etmoqda.
Ertaga 14 yanvar kuni Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan soat 11:00 da O`zbekfilm kinokonsernida Kinematografiya agentligi hamda DXX Chegara qo`shinlari bilan hamkorlikda «Vatan» kinostudiyasi tomonidan Hilol Nasimov rejissyorligida yaratilgan «Mehr» badiiy filmi OAV vakilari va kinoijodkorlar uchun premera qilinadi.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Hilol Nasimov, postanovkachi operator Umid Malikov, postanovkachi rassom Isobek Egamberdiev, kartina direktori Shohrux Nasimov, kompozitor Dmitriy Yanov Yanovskiy, ovoz rejissyori Abduqahhor Karimov, ikkinchi rejissyor Jamoliddin Qo`ziboev.