Gidrometeorologiya markazi mutaxassislari so`nggi kunlarda yurtimiz bo`ylab hukm surayotgan momaqaldiroq va yog`ingarchilikli havo qachongacha davom etishini ma`lum qildi.
Toshkentda va respublikaning ba`zi hududlarida yog`ayotgan kuchli yomg`irlar 18 mayga qadar davom etadi.
Nukus, Urganch, Navoiy, Buxoro, Qarshi va Samarqand shaharlarida 18 may kuni havo o`zgarib turadi.
Harorat Toshkentda kechasi 15-17, kunduzi 25-27 daraja iliqni tashkil etadi. Shuningdek, esayotgan shamol tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Ma`lumotlarga ko`ra, o`tgan hafta davomida yog`ingarchiliklar miqdori 19 mmni tashkil etdi.





