Janubiy Koreyada koronavirusning yangi "omikron" shtammi bilan bog`liq holatlar keskin ortmoqda. Hukumat esa karantin choralarini kuchaytirish maqsadida mamlakatga kelgan sayyog`lar uchun jamoat transportidan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda KBS xabar berdi.
Hukumatning qaroriga ko`ra, 14 yanvar kunidan boshlab Janubiy Koreyaga keluvchi barcha sayyohatchilar maxsus karantin avtobuslari, poezdlar va taksilardan foydalanishi mumkin. Shuningdek, shaxsiy avtomashinalarda ham harakatlanishi bo`yicha qaror chiqardi.
Shuningdek, PZR testi natijalarining amal qilish muddati 72 soatdan 48 soatgacha qisqartirildi. Xususan, Janubiy Koreyaga kirib kelayotgan samolyot bortida koronavirus bilan kasallangan uch yoki undan ko`p kishi aniqlansa, parvoz avtomatik tarzda bekor qilinadi.