AsosiySport

Regbi bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi o`quv-yig`in mashg`ulotlarini olib bormoqda

'Regbi bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi o`quv-yig`in mashg`ulotlarini olib bormoqda'ning rasmi

Regbi-7 bo`yicha O`zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalarini ham yangi mavsumda bir qator musobaqalar kutib turibdi. Ular orasida mart oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo`ladigan “Asia Rugby Sevens Trophy-2022” xalqaro turniri bo`lib o`tadi. 

Hozirda terma jamoa vakillari Toshkent viloyatining Yangiobod maskanidagi Respublika o`quv-mashg`ulotlar bazasida yig`in olib bormoqda. Unda terma jamoamiz asosiy tarkibi uchun da`vogar 32 nafar regbichi shug`ullanmoqda.

29-yanvarga qadar davom etadigan ushbu yig`in orqali terma jamoa murabbiylar shtabi yangi mavsum uchun tarkibning asosiy qismini saralab oladi. 

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston regbi terma jamoasi ham bu yil Xitoyning Xanchjou shahrida o`tadigan kattalar o`rtasidagi XIX Osiyo o`yinlari va Shantau shahri mezbonlik qiluvchi yoshlar o`rtasidagi III Osiyo o`yinlarida ishtirok etadi.

Boshqa yangiliklar