1

O`zbekistonning ayrim hududlarida 15 yanvar kuni qor yog`ishi mumkin

Jamiyat 15.01.2022, 09:03
Teglar: ob-havo
O`zbekistonning ayrim hududlarida 15 yanvar kuni qor yog`ishi mumkin

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo`yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Respublika hududlari bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliqni tashkil etadi.  

Poytaxtimizda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-14° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushadi. Ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2-7° iliq bo`ladi.

Sharhlar

O`zbekistonda harorat 43 darajaga ko`tariladi

12.07.2022, 19:52

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 13-16 iyul kunlari uchun kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTIHavo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi....
O`zbekistonda bayram va dam olish kunlari harorat iqlimiy me`yorlardan past bo`ladi — "O`zgidromet"

08.07.2022, 11:54

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati bayram va dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.  Unga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo...
Bu hafta issiq chekinadimi? "O`zgidromet" haftalik ob-havoni e`lon qildi

04.07.2022, 11:55

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Ma`lum qilinishicha, bugun O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat...
Bugun O`zbekistonda harorat 42 darajaga ko`tariladi

24.06.2022, 08:38

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmtai xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Tog` oldi va tog`li hududlarda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1