16 va 17 yanvar kunlari Erni kuchli kuchli darajadagi magnit bo`roni qoplaydi. Bu haqda "Cursorinfo" xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, bu hodisaning eng yuqori darajasi 16 yanvar kuni kuzatiladi. Bu esa insonlarda sezgir va surunkali kasaiklarga chalinganlarning salomatligida muammolar kuzatilishiga olib kelishi mumkin.
Mutaxassilar fikricha, magnit bo`ron G1 -Kp 5 darajasiga chiqishini aytgan.. 17 yanvarga kelib esa u pasayishni boshlaydi. Salbiy ta`siri 18 yanvarga qadar cho`zilishi ham taxmin qilinmoqda.
"Space Weather Prediction Center" taxminiga ko`ra, magnit bo`ronlari 16–18 yanvar va 23–26 yanvar kunlari ham bo`lishi mumkin hamda 28 dan 30 yanvargacha kuzatilishi aytilmoqda.
Magnit bo`ronlari vaqtida insonlarda quyidagi muammolar kuzatilishi mumkin:
bosh aylanishi va bosh og`rig`i;
uyqu buzilishi;
diqqatni jamlash bilan bog`liq muammolar;
qon bosimning buzilishi;
surunkali kasalliklarning kuchayishi;
tana og`rig`i, shuningdek, bo`g`imlardagi og`riqlar;
ishtaha buzilishi va ko`ngil aynish;
holsizlik hissi.