1

Tojikistonda Navoiy va Jomiy haqidagi film ssenariysi taqdim etildi

Madaniyat 15.01.2022, 16:33
Tojikistonda Navoiy va Jomiy haqidagi film ssenariysi taqdim etildi

Kecha, 14 yanvar kuni Dushanbeda o`zbek va tojik adabiyotining buyuk namoyandalari Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy haqidagi film ssenariysining taqdimoti bo`lib o`tdi. Film konsepsiyasi ijodiy guruh tomonidan tasdiqlanib, bu ikki siymoning ijodi kinoijodkorlarning e`tiborini o`ziga jalb etdi. Kinokartina syujeti "Ikkinchi Renessans" davrini qamrab oladi. Suratga olish ishlari ikki buyuk shoir hayotida muhim o`rin tutgan joylarda olib boriladi.

“Bizga shunday taklif berildiki, unga ko`ra ikki davlat kinoijodkorlari birlashishi va nafaqat mamlakatlarimiz va xalqlarimizning tarixiy mushtarakligini, balki ikki qardosh xalqlar o`rtasidagi do`stlik g`oyasini targ`ib qilishga xizmat etuvchi kinokartina yaratishi kerak”, - dedi kinorejissyor Furqat Usmonov.

“Kinokartina tarixga, tarixiy faktlarga asoslanishi lozim. Ikki buyuk shoir bilan bog`liq voqealar barchaga ma`lum. Shuning uchun oldimizga qo`yilgan vazifa juda ham murakkab. Dramaturgik va kinematografik fantaziyadan tashqari, tarixiy haqiqatni ham e`tiborga olish lozim, - dedi Tojikiston Kinoijodkorlari uyushmasi raisi, “Jomiy va Navoiy” filmi ssenariy muallifi Safar Xaqdodov.

Ushbu film O`zbekiston va Tojikiston madaniy hayotida 30 yil ichida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ilk loyiha hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1