2021 yil dekabr oyining so`nggi kunlarida haftaning juma, shanba, yakshanba kunlari “Toshkent-Buxoro-Toshkent” yo`nalishida 770/769-sonli “AFROSIYOB” zamonaviy poezdining harakati yo`lga qo`yilgan edi.
“O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan yo`lovchilarning talablari atroflicha o`rganib chiqilib, 2022 yil 17 yanvardan boshlab 770/769-sonli “AFROSIYOB” zamonaviy poezdining “Toshkent-Buxoro-Toshkent” yo`nalishida har kuni, ya`ni dushanba, seyshanba, chorshanba, payshanba kunlari ham qatnovi yo`lga qo`yildi.
Mazkur zamoanviy poezd harakat jadvali bo`yicha har kuni 08:30 da Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan, Buxoro temir yo`l vokzalidan esa 15:27 da harakatlanadi.
"Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin", - deyiladi xabarda.