16 yanvar kuni Toshkentda ayanchli YTH sodir bo`ldi. Oqibatda 2 yosh bola hayotdan erta ko`z yumdi.
Poytaxt IIBning qayd etishicha, voqea shu kuni soat 03.00 atrofida sodir bo`lgan.
2005 yilda tug`ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lmagan bola “Spark” avtoulovini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo`qotib yo`l chetidagi temir panjaraga urilgan.
Natijada u olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, mashina ichida bo`lgan yo`lovchi ham olgan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo`lgan.
Toshkent shahar IIB YTHning asl sababi sifatida tezlikni yuqori bo`lganligini aytmoqda.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur fakt bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 3 qismi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.