Bu haqda jurnalistlar uyushmasi xabar bermoqda.
Dilbar Mahmudova dastlab jurnalist sifatida bolalar gazetasida faoliyatini boshlagan. “Saodat” jurnalida bo`lim mudiri lavozimida ishlagan. “Sovet O`zbekistoni” (hozirgi “O`zbekiston ovozi”) gazetasida chorak asrdan ortiq vaqt davomida odob, axloq, tarbiya bo`limini boshqarib, keyin nafaqaga chiqqan. Respublika matbuotida 300 dan ortiq publisistik maqolalari e`lon qilingan.
Dilbar Mahmudovaning “Yarim asr yonma-yon”, “Har maktubda umr lahzasi”, “Halima”, “Mo`yqalamda yozilgan roman”, “Sinmagan Surxon qizi”, “Mehr quyoshi”, "Osmonmisiz, quyoshmisiz yo oymisiz, buvijon!" kitoblari nashr etilgan.
"Ustoz jurnalist ma`rifatparvar inson sifatida hamkasblari, shogirdlari, keng jamoatchilik qalbidan joy olgan. Jurnalistika sohasining samaradorligini yuqori bosqichga ko`tarishga munosib hissa qo`shgan", deyiladi uyushma axborotida.






