Buxoroda “Visit Uzbekistan Music” madaniy loyihasi boshlandi

Madaniyat 17.01.2022, 14:41
Buxoroda “Visit Uzbekistan Music” madaniy loyihasi boshlandi

Buxoro viloyatida “Visit Uzbekistan Music” keng ko`lamli videoloyihasi ishga tushirildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.

Loyiha an`anaviy va zamonaviy madaniyatni targ`ib qilish hamda zamonaviy o`zbek madaniyati namoyondalari ijodi orqali O`zbekistonning sayyohlik salohiyatini xorijda targ`ib etishga qaratilgan. Loyiha doirasida yil davomida mamlakatimizning barcha hududlarida suratga olish ishlari rejalashtirilgan. Ilk suratga olish ishlari Buxoro hududida amalga oshirilgan.

Ma`lum qilinishicha, COVID-19 pandemiyasidan so`ng butun dunyo bo`ylab tarixiy joylarda musiqiy videolar suratga olishda o`sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Misol tariqasida, Britaniyaning “Coldplay” guruhi Iordaniyaning tarixiy poytaxti manzaralari aks ettirilgan videokonsertni yozib oldi, Andrea Bocelli Milandagi “Duomo”da konsert berdi, bastakor Lyudoviko Eynaudi Shimoliy Muz okeanidagi muzlikda musiqa ijro etdi.  

O`zbekistonda bu yo`nalishni, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Toir Asqar va “Safo” guruhi boshlab berdi.  

Kliplarni suratga olish ishlari va jonli ijrodagi konserti Dinara&Co media kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyati hokimligi hamda Turizm va sport bosh boshqarmasi ko`magida tashkil etildi. Suratga olish ishlari tajribali rejissyor Iste`dod Usmonov rahbarligida bo`lib o`tdi hamda u O`zbekiston madaniy merosi obidalaridan Buxoro amirining “Sitorai moxi Xosa” yozgi saroyi, eski shahar va Kogon saroyini tanladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1