AsosiyJamiyat

Farg`onada 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

'Farg`onada 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 14 yanvar kuni (soat 13:00) Farg`ona shahar “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig`ini A.Qodiriy ko`chasi 43-uy, 44-xonadonda yashovchi ikki nafar fuqarolarni jasadlari hamda shu xonadonga mehmonga kelgan bir nafar fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy tez yordam ilmiy markazi, Farg`ona filialiga olib borilib, tez tibbiy yordam ko`rsatilganligiga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko`ra, vafot etganlar is gazidan zaharlangan, deb gumon qilinayotganligi aytildi.

Vaziyat yuzasidan Farg`ona shahar hokimi tegishli qaror qabul qildi. Unga ko`ra, mazkur favqulodda vaziyatni o`rganish bo`yicha shahar komissiya tarkibi tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar