AsosiyDunyo

Qozog`istondagi voqealardan so`ng Nazarboev birinchi marta qozoq xalqiga videomurojaat bilan chiqdi

'Qozog`istondagi voqealardan so`ng Nazarboev birinchi marta qozoq xalqiga videomurojaat bilan chiqdi'ning rasmi

Qozog`istonning mamlakatdan chiqib ketgani aytilgan Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboev xalqqa murojaat yo`lladi. U vatanidan ketmaganini, hamon poytaxtda ekanini ma`lum qilgan. 

"Men 2019 yilda Prezident vakolatini Qosim-Jomart To`qaevga topshirdim va  shundan beri pensioner hisoblanaman. Ayni vaqtda esa Qozog`iston poytaxtida ta`tildaman va  hech qaerga ketganim yo`q.

Prezident Qosim-Jomart To`qaev to`liq hokimiyatga ega va u Xavfsizlik kengashi raisi. Tez orada u “Nur-Otan” partiyasi raisi etib saylanadi. Mamlakat elitasi o`rtasida hech qanday qarama-qarshilik va mojaro yo`q. Bu boradagi mish-mishlar mutlaqo asossiz. 

“Biz uning sarhadlarini mustahkamladik, islohotlar o`tkazdik, birgalikda mustaqil Qozog`istonni qurdik. Ko`plab ko`rsatkichlar bo`yicha nafaqat Markaziy Osiyoda, balki Mustaqil davlatlar Hamdo`stligida ham etakchi bo`ldik”, degan Birinchi Prezident.

    Boshqa yangiliklar