1

“O`zbekneftgaz” dunyoning yirik moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatdi

Jamiyat 18.01.2022, 21:11
Teglar: O`zbekneftgaz
“O`zbekneftgaz” dunyoning yirik moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatdi

So`nggi yillarda Davlatimiz Rahbari tomonidan mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan transformasion jarayonlar  neft-gaz tarmog`iga ham ijobiy tasir ko`rsatmoqda .

Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning neft-gaz tarmog`i rivojlanishiga qaratayotgan katta e`tibori va amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimiz aholisi va iqtisodiyot tarmoqlarini neft hamda gaz mahsulotlari bilan uzluksiz ta`minlash imkoniyati yaratildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qator hujjatlari bilan “O`zbekneftgaz” AJ oldiga barcha biznes jarayonlarni to`liq raqamlashtirish, jamiyatni shaffofligini ta`minlash, moliyaviy sog`lomlashtirish, moliyaviy hisobotlarni to`liq xalqaro standartlar bo`yicha olib borish va jamiyatning investision jozibadorligini oshirish kabi bir qator yangi vazifalar qo`yildi.

Ushbu vazifalarni bajarish yo`lida qator ishlar olib borildi. Jumladan, jamiyatning 2017-2020 yillar uchun xalqaro standartlar bo`yicha konsolidasiyalashgan hisobotlari “Ernst&Young” xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan auditorlik tekshiruvidan o`tkazilib, ijobiy auditorlik xulosasi olindi.

Shu bilan birga, jamiyat tomonidan 2021 yilning sentyabr-oktyabr oylarida “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentliklari tomonidan “O`zbekneftgaz” AJga mustaqil suveren reytingi “BB–” (barqaror) darajasidagi kredit reytinglari berildi.

Bundan tashqari, investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan qarz mablag`lari manbasini diversifikasiya qilish maqsadida jamiyat 2021 yilning noyabr oyida ilk bor London fond birjasida davlat kafolatisiz 7 yil muddatga  700,0 mln. AQSh doll. miqdoridagi evroobligasiyalarni joylashtirishga erishdi.

Ushbu muvaffaqiyat jamiyat tomonidan amalga oshirilgan transformasiya jarayonlari va jahondagi etakchi biznes- amaliyotlarni joriy etish bo`yicha bajarilgan tizimli ishlar natijasi hisoblanadi.

Yuqoridagi ulkan o`zgarishlar jamiyatning investorlar oldidagi majburiyatlarni bajarilishini alohida darajaga olib chiqish hamda ular bilan munosabatlarni yanada rivojlantirishni taqozo etganligi sababli jamiyat tarkibida “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig`i bilan yangi tarkibiy tuzilma “Moliya institutlari bilan ishlash hamda qarzdorlik majburiyatlarini boshqarish” departamenti tashkil etildi.

Ushbu departamentga kadrlarni tanlashda yosh, iqtidorli, halqaro malaka va ko`nikmalarga ega hamda moliyaviy sohada etarli tajribaga ega kadrlarni jalb qilishga katta e`tibor qaratildi.

Departamentda Buyuk Britaniya davlatining Kardif metropolitan universiteti, Rossiyaning G.V. Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti, O`zbekiston Respublikasi  Bank-moliya akademiyasida tahsil olgan, dunyoning etakchi xorijiy mamlakatlarida malaka oshirgan hamda etakchi yuridik va moliyaviy institutlarda faoliyat yuritgan mutaxassislardan iborat jamoa shakllantirildi.

Departament oldiga qo`yilgan maqsadlari va vazifalari bo`yicha jamiyatning qarz yuklamasini doimiy tahlil etib borish, mavjud moliyaviy shart va talablar (kovenantlar) monitoringini amalga oshirish.

Kredit rasmiylashtirish jarayonini raqamlashtirish maqsadida elektron platformani ishlab chiqish ishlari boshlangan hamda investisiya loyihalarini moliyalashtirish uchun qarz mablag`larini jalb qilish, jamiyat tomonidan jalb qilingan qarzlar bo`yicha barcha majburiyatlarni bajarilishini muvofiqlashtirish va jamiyatning qarz yuklamasini ixchamlashtirish vazifasi belgilandi.

Shuningdek, Departament xodimlari tomonidan Xitoyning Ipak yo`li jamg`armasi, Rossiya Federasiyasining “Gazprombank” AJ, VEB.RF Davlat taraqqiyot korporasiyasi, “EKSAR” eksport-import sug`urta agentligi, Yaponiyaning “MUFG Bank LTD” kabi dunyoning yirik moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalari o`rnatildi.

Sharhlar

Qarshida o`tkazilayotgan hududiy sanoat yarmarkasida “O`zbekneftgaz”ga qarashli korxonalar alohida stend bilan ishtirok etmoqda

07.10.2022, 10:15

O`zbekiston Prezidenti Administrasiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlariga muvofiq Qarshi shahrida bo`lib o`tayotgan “Neft va gaz sanoati, elektr energetikasi, kimyo sanoati, charm-poyabzal sanoati” mavzusidagi hududiy...
“O`zbekneftgaz”: Qarshi shahrida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo`lib o`tmoqda (Foto)

12.11.2021, 09:06

 2021 yil 11-12 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida “Neft va gaz, elektr energetika, kimyo, to`qimachilik, charm-poyabzal sanoati” mavzusidagi hududiy sanoat yarmarkasi o`tkazilmoqda. Bu haqda...
“O`zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Qashqadaryoda gaz qazib chiqarish holatini o`rgandi (foto)

12.10.2021, 10:38

“O`zbekneftgaz” AJ raisi Mehriddin Abdullaev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a`zolari jamiyatga tegishli konlarda geologik izlov-qidiruv ishlari, gaz quduqlarini burg`ilash va kapital ta`mirlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar,...
“O`zbekneftgaz”: O`zbekiston tarixida ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan AI–98 markali benzin ishlab chiqarildi

21.09.2021, 11:00

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi oldiga aholini sifatli neft mahsulotlari bilan ta`minlash hamda uning yangi turlarini ishlab chiqish vazifalari qo`yilgan edi.Belgilangan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1