Abdurahim Abdushukurov Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda universitet rasmiy sayti xabar bermoqda.
Abdurahim Abdushukurov 1959 yilda tug`ilgan. 1981 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O`zMU)ni tamomlagan. Abdurahim Abdushukurov 2016 yil 5 yanvar O`zMU Mexanika-matematika fakulteti dekani lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o`tamiz, 11 may kuni Prezident Islom Karimov “O`zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarorni imzoladi.
Qarorda O`zMUning yangilangan tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. Unga ko`ra, OTMda jami 10 ta fakultet: geologiya va geografiya, fizika, biologiya, kimyo, matematika, xorijiy filologiya, tarix, iqtisodiyot, ijtimoiy fanlar va jurnalistika fakultetlari faoliyat ko`rsatadi.
O`zbek filologiyasi fakulteti va boshqa tuzilmalar bazasida esa yangi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etiladi.
O`zMUning sobiq rektori Shuhrat Sirojiddinov mazkur yangi universitetga rektor etib tayinlandi.





