AsosiyDunyo

OAV: Parijdan Qohiraga uchayotgan EgyptAir samolyoti radar ekranlaridan yo`qoldi

Parijdan Qohiraga uchayotgan Misrning EgyptAir aviakompaniyasi samolyoti dispetcherlarning radarlaridan yo`qoldi.

Aviakompaniya ma`lumotlariga ko`ra, layner Misrning havo kengligiga 10 mil kirishga ulgurgan. Samolyot bilan aloqa yo`qolganida u 11 ming metr balandlikda bo`lgan.

A320 bortida 59 nafar yo`lovchi va 10 nafar ekipaj a`zosi bo`lgan. Fransiya poytaxitdan samolyot Parij vaqti bilan 23:09 parvoz qilib soat 03:05 da Qohiraga qo`nishi kerak bo`lgan.

Ayrim ma`lumotlarga ko`ra, so`nggi marta uchuvchilar aloqaga Afina bilan chiqishgan,  yana ba`zi ma`lumotlarga ko`ra esa Turkiya bilan. 

Misr havo harbiy kuchlarining samolyotlari A320 layneri qidiruv ishlariga kirishib ketgan. Aviasiya samolyot yo`qolgan hududda qidiruv ishlari olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar