AsosiyJamiyat

Onlayn ta`lim jarayoni vaqtida o`qituvchilar o`zlarining lavozim majburiyatlari bilan bog`liq faoliyatni amalga oshirishda davom etadilar - XTV

'Onlayn ta`lim jarayoni vaqtida o`qituvchilar o`zlarining lavozim majburiyatlari bilan bog`liq  faoliyatni amalga oshirishda davom etadilar - XTV'ning rasmi

Joriy yilning 24 yanvaridan boshlab, bir oy muddatda umumta`lim maktablarida o`quv jarayonlari “onlayn” shaklda tashkil etilishi belgilangan.

Masofaviy shaklda o`quvchilarning sifatli ta`lim olishi uchun Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan ajratilgan telekanallari hamda "Onlayn maktab" telegram kanali orqali dars mashg`ulotlari muntazam berib boriladi. "Onlayn maktab" loyihasi doirasida beriladigan darslar jadvali kunlik ravishda "Onlayn maktab" telegram kanali orqali e`lon qilib boriladi.

O`qituvchilar mazkur kundalik jadval asosida dars berayotgan fanlari bo`yicha o`quvchilarning o`zlashtirishini, uyga vazifalarni bajarilishini hamda o`quvchilar bilimini sinf jurnaliga (elektron kundalik tizimi joriy etilgan maktablarda Kundalik.com tizimiga) baholab borishni ta`minlab borishlari hamda zaruriyatga ko`ra "Onlayn maktab" loyihasi doirasida o`tilgan mavzularni o`quvchilarga qo`shimcha tushuntirib borishlari lozim.

Maktab rahbarlaridan ta`lim muassasasida o`qituvchilar faoliyatini amalga oshirishi uchun etarli sharoitlar yaratib, AKT xonalarida uzluksiz Internet ishlashini ta`minlab berishi kerak.

Bundan tashqari, “Umumiy o`rta ta`lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo`yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to`g`risidagi Yo`riqnoma”ga muvofiq, pedagog hodimlar dars mashg`uloti (o`quv-tarbiya jarayoni)dan tashqari, o`quv-tarbiya jarayonining metodik ta`minoti va tashkiliy-pedagogik jarayoni bilan ham shug`ullanishi belgilab qo`yilgan.

Shu bois, o`quvchilarning onlayn ta`lim jarayonlari vaqtida pedagoglar maktabda bevosita lavozim majburiyatlari hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda o`z ustida mustaqil ishlashlari lozim.

O`z o`rnida, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “Karantinga oid choralar amal qilishi davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o`tkazishning vaqtinchalik tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida” buyrug`i talablariga muvofiq maktabda kasallanish holatlari yuzaga kelganda, o`qituvchilarning sog`ligini himoyalash, koronavirusning yangi shtammining keng tarqalishini oldini olish maqsadida pedagoglarning masofadan ishlashi uchun imkoniyat beriladi.

Maktab rahbari o`qituvchilarning mehnat faoliyatini nazorat etish va muvofiqlashtirishga mas`ul sanaladilar.

"Hurmatli pedagoglar, hozirda o`quvchi yoshlarni himoyalash maqsadida ta`lim Onlayn shaklga o`tkazilgani bilan barcha tashkilot va idoralarda ish jarayoni davom etmoqda. Shu bois sizlardan ham o`z ishingizga mas`uliyat bilan yondashishingiz so`rab qolinadi", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar