AsosiyShou-biznes

Yigitali Mamajonov va Rayhon G`anievaning qonunan ajrashgani ma`lum bo`ldi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva va uning turmush o`rtog`i, aktyor Yigitali Mamajonovning nikohi qonunan bekor qilindi. Bu haqda aktyor “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o`tdi. 

“Men oilamda unday bo`ldi, bunday qilmoqchimiz, deb jar solmoqchi emasman. Biz qonunan ajrashdik, bor gap shu”,—dedi aktyor Rayhon bilan munosabatlari haqida gapirar ekan. 

Aktyor o`z so`zlariga qo`shimcha qilar ekan, bo`lajak turmush o`rtog`i qanday fe`l-atvorga ega bo`lishi haqida quyidagilarni ma`lum qildi:

“Oilada ayol biroz makkora bo`lishi kerak, deyishadi. Aslida, men ayolim dono, qanoatli bo`lishini istardim. Har qanday qiyinchilik, shodlikda ham erini tushuna oladigan, yo`qchilikda ham sabr-toqatli, hurmatimni joyiga qo`yib, oila boshlig`i ekanimni his eta oladigan ayolim bo`lishini har bir erkak kabi men ham istaganman. Men erkak kishiman, o`zimga yarasha g`ururim bor. Oila boshlig`i bo`la turib, xotinining ko`magiga qarab qoladiganlardan bo`lishni istamayman”.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar