AsosiyDunyo

Pokistonda sel kelishi oqibatida 7 kishi halok bo`ldi

'Pokistonda sel kelishi oqibatida 7 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Pokiston shimoli-g`arbida, Xayber-Paxtunxva provinsiyasida kuchli yog`ingarchilik ortidan hosil bo`lgan sel oqibatida kamida 7 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Sinhua agentligi xabar bermoqda

Qayd etilishicha sel tufayli ko`plab uylar vayron bo`lgan, qisman zarar ko`rgan uylar ham borligi aytilmoqda.

Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasiga bergan ma`lumotga ko`ra, vayron bo`lgan uylar orasida qidiruv ishlari davom etmoqda. Qurbonlar soni oshishi mumkin. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar