Kecha yurtimizda 1120 nafardan ortiq kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV Matbuot xizmati.
2022 yil 24 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 216186 (+1123) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
-59 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
-43 nafari Andijon viloyatida,
-60 nafari Buxoro viloyatida,
-31 nafari Jizzax viloyatida,
-25 nafari Qashqadaryo viloyatida,
-21 nafari Navoiy viloyatida,
-51 nafari Namangan viloyatida,
-39 nafari Samarqand viloyatida,
-20 nafari Sirdaryo viloyatida,
-37 nafari Surxondaryo viloyatida,
-173 nafari Farg`ona viloyatida,
-35 nafari Xorazm viloyatida,
-115 nafari Toshkent viloyatida,
-414 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog`ayganlar jami 205495 (+1278) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1545 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 98 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.