AsosiyJamiyat

Toshkent IES yonib ketgani to`g`risidagi xabarlar rad etildi

'Toshkent IES yonib ketgani to`g`risidagi xabarlar rad etildi'ning rasmi

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent IES" AJda energoblok davleniyasi ko`tarilib yonmoqda degan mazmun xabarlar tarqalmoqda.  

"Issiqlik elektr stansiyalari" AJ ushbu xabarlarni rad etdi. Ma`lum qilinishicha, energoblok avtomatik ravishda himoya tizimini ishga tushushi natijasida o`chganda, energoblok ishlash davrida ishlab chiqarilgan bug`lar, qozon qurilmalarini  himoya qilish maqsadida havoga chiqariladi. Bu tizimda normal texnologik jarayon hisoblanadi.

Ta`kidlanishicha, ayni paytda, "Toshkent IES" AJda elektr energiyasini ishlab chiqarish va energobloklarni yagona tizimga ulash bo`yicha zaruriy chora-tadbirlar olib borilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar