AsosiyJamiyat

AI-80 markali benzin tobora arzonlashmoqda

'AI-80 markali benzin tobora arzonlashmoqda'ning rasmi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi va “Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ bilan birgalikda AI-80 markali benzin mahsuloti boshlang`ich narxlari shakllanilishi yuzasidan o`tkazgan tahlillar va ishlab chiqarish jarayonidagi ba`zi xarajatlarning kamaytirilishi hisobiga 1 litr benzin mahsuloti narxi 7 555 so`mdan 6 500 so`mga yoki 16 foizga arzonlashtirilishiga erishildi. Bu haqda qo`mita axborot xizmati ma`lum qildi .

Birja savdolarida joriy yil 10-14 yanvardagi AI-80 markali avtomobil benzinining o`rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi uchun 2021 yil 15-19 noyabrdagi haftalik kotirovkaga nisbatan o`rtacha 9,6 mln so`mdan 6,7 mln so`mgacha yoki 30 foizga pasayishiga erishildi, deyiladi xabarda.

Ko`rilayotgan choralar o`z navbatida, ichki bozorda chakana narxlar pasayishiga ijobiy ta`sir etdi va AYoQShlarda sotilayotgan AI-80 markali benzin narxlari 6 000-6 500 so`mgacha yoki 25 foizgacha arzonlashdi.

    Boshqa yangiliklar