Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida “Metan, gaz zapravka“da kuchli yong`in sodir bo`lmoqda” mazmunidagi video xabar tarqatildi.
Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIB ma`lumot berdi.
"Ushbu xabar mutlaqo yolg`on bo`lib, FVV va IIBBga murojaat yoki xabar kelib tushmagan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra bu o`tgan yillarda sodir bo`lgan holat.
Shu o`rinda tarmoq faollari va blogerlarni ushbu yolg`on axborotni tarqatmaslikka chaqiramiz", - deyiladi xabarda.