Hindistonning Maxarashtra shtatida avtomobil ko`prikdan qulashi oqibatida etti nafar talaba halok bo`ldi. Bu haqda NDTV xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, halok bo`lganlar mahalliy tibbiyot kolleji talabalari, jumladan, viloyat parlamenti deputatining o`g`li.
Hodisa shtat sharqidagi Selsura shahri yaqinida yuz bergan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, mashinani boshqarayotgan o`quvchilardan biri boshqaruvni yo`qotgan. Mashina katta balandlikdan daryoga qulab tushgan.
Vafot etganlarning jasadlarini olib chiqish uchun uch soatdan ko`proq vaqt ketdi. Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi seshanba kuni yoshlarning o`limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.