AsosiyJinoyat

Toshkentda 321 million so`mlik uyali aloqa vositalarini talon-taroj qilgan MChJ ish boshqaruvchisi ushlandi

'Toshkentda 321 million so`mlik uyali aloqa vositalarini talon-taroj qilgan MChJ ish boshqaruvchisi ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament ushbu holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, tekshiruv ishlari Shayxontohur tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan bo`lib o`tgan.

Qayd etilishicha, “R.R.” MChJ ish boshqaruvchisi D.P. MChJning o`ziga ishonib topshirilgan 321 mln so`mlik uyali aloqa vositalarini rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda",- deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar