AsosiyJamiyat
9815

Bog`chalardagi “Qisqa muddatli” guruhlar $7,4 mln miqdoridagi ta`lim materiallari bilan ta`minlanadi

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan 2015/2016 o`quv yili yakunlari va istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi.

Unda qayd etilishicha, 2016 yilda 286 ta maktabgacha ta`lim muassasalarini kapital rekonstruksiya qilish belgilangan bo`lib, ularni mebel, asbob-uskunalar, o`yinchoqlar va texnik vositalar bilan jihozlash bo`yicha ham ishlar olib borilmoqda.

“Ta`limda global hamkorlik” loyihasi doirasida respublikamizdagi maktabgacha ta`lim muassasalarida 1220 ta “Qisqa muddatli” guruhlar tashkil etilib, mazkur qisqa muddatli guruhlar 7,4 mln AQSh dollari miqdoridagi o`quv mebel va rivojlantiruvchi ta`lim materiallari bilan ta`minlanadi. 

Mazkur MTMlarda tashkil etiladigan kutubxonalar 50 nomdagi bolalar badiiy adabiyotlari bilan ta`minlash ko`zda tutilgan. Shuningdek, 3-6 yoshli farzandlari maktabgacha ta`lim muassasalariga qamrab olinmagan 200 000 ta  oilaga bolalarni maktabga tayyorlovchi 7 nomdagi kitoblar to`plami bepul tarqatiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar