O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan XXIV qishki Olimpiya o`yinlarining tantanali ochilish marosimi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun 4-5 fevral kunlari tashrif bilan Pekin shahrida bo`ladi.
Xitoy poytaxti jahon sporti tarixida ikkala Olimpiadani qabul qilgan birinchi shahar bo`ladi – 2008 yilda bu erda XXIX yozgi Olimpiya o`yinlari ham o`tkazilgan edi.
Karantin choralariga qat`iy rioya etgan holda 4-20 fevral kunlari o`tadigan bu galgi o`yinlarda sportning 15 ta yo`nalishi bo`yicha 109 ta medallar to`plami o`ynaladi. Bu medallar uchun 90 dan ortiq mamlakatdan 4 mingdan ziyod sportchi bellashadi.
Olimpiya o`yinlarining ochilish marosimi 4 fevral kuni Pekindagi “Qush ini” milliy stadionida xorijiy davlatlar va rasmiy delegasiyalar etakchilari, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o`tadi.
Tashrif dasturiga muvofiq O`zbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o`tkazadi.






