Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunusobod tumani Shahriston ko`chasida daraxtlarga noqonuniy tarzda shikast etkazish holatlari sodir etilganligi yuzasidan xabar tarqalgan edi.
Aniqlanishicha, kecha, 3 fevral kuni ushbu manzilda tadbirkor tomonidan beton qorishmasini noqonuniy ravishda to`kib ketilganligi holati qayd etildi.
Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan maxsus ishchi guruhi tuzilib voqea joyiga etib borgan.
Xabarda aytilishicha, mas`ullarni jalb qilgan holda noqonuniy ravishda to`kilgan beton qorishmalari to`kilgan joy beton qorishmalaridan tozalangan.
Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida surishtiruv ishlari boshlangan. Holatga to`liq oydinlik kiritilgach batafsil ma`lumot berilishi to`g`risida xabarda aytib o`tildi.






