AsosiyJamiyat

Qirg`iziston-O`zbekiston chegarasidagi nazorat-o`tkazish punktlari sonini ko`paytirish taklif qilindi

'Qirg`iziston-O`zbekiston chegarasidagi nazorat-o`tkazish punktlari sonini ko`paytirish taklif qilindi'ning rasmi

Qirg`iziston parlamenti Qirg`iziston-O`zbekiston chegarasidagi nazorat-o`tkazish punktlari sonini ko`paytirishni taklif qilmoqda. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, bu taklif bilan deputat Baxit To`roboevdan chiqqan.

Unga ko`ra, O`zbekiston Jalolobod viloyati bilan chegarada nazorat-o`tkazish punkti ochishga tayyor.

“Suzoq tumanida Bekobod, Oqsida Nanay nazorat punkti bor. O`zbekiston bu nazorat-o`tkazish punktlarini ochishga tayyor, bizniki esa shoshilmayapti. Agar 2020 yilda Qirg`izistonga 2,2 million sayyoh tashrif buyurgan bo`lsa, ularning 68 foizini O`zbekiston Respublikasi fuqarolari tashkil etadi. Farg`ona vodiysida 11 million aholi istiqomat qiladi. O`tkazish punktini ochish orqali biz faqat sayyohlar sonini ko`paytirib, hudud rivojini ta`minlaymiz”, — degan deputat.

    Boshqa yangiliklar