Farg`ona shahrida oliy o`quv yurtlari talabalari o`rtasida bo`lib o`tadigan “Universiada – 2016” sport o`yinlarining final bosqichiga tayyorgarlik va tadbir jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida yoritish masalasiga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi.
O`zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o`rinbosari M.Aliev, musobaqalarni o`tkazuvchi shtab boshlig`i Sh.Sharipov va boshqalar ushbu musobaqaga ko`rilayotgan tayyorgarlik haqida ma`lumot berdi.
Farg`ona viloyatida mazkur musobaqaga katta tayyorgarlik ko`rildi. Joriy yilda ushbu yoshlik va sport bayrami ettinchi bor o`tkazilmoqda. Final bosqichida Qoraqalpog`iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 14 terma jamoa voleybol, qo`l to`pi, futbol, engil atletika, suzish, shaxmat, og`ir atletika, dzyudo, basketbol, yunon-rum kurashi, erkin kurash, boks, taekvondo, tennis, stol tennisi bo`yicha o`zaro bahs olib boradi.
Farg`ona, Ma`rifat, Murabbiylar kabi markaziy ko`chalar tubdan ta`mirlanib, qariyb 5 kilometrlik yo`l rekonstruksiya qilindi. Bellashuvlar o`tkaziladigan 29 ob`ektda keng ko`lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Sport zallari jahon andozalari darajasida jihozlanmoqda.
Farg`ona davlat universiteti, Farg`ona politexnika instituti va boshqa sport maskanlari ishtirokchilar uchun shay holatda. “Universiada – 2016” finali qatnashchilarining yashashi, ovqatlanishi va mazmunli dam olishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Universiada musobaqalarining tantanali ochilish hamda yopilish marosimlariga tayyorgarlik avjida. Unga yoshlar, yurtimizning taniqli san`at ustalari jalb etilgan. Bu shodiyonalar yangi qurilgan “Istiqlol” stadionida bo`lib o`tadi. Binobarin, ishtirokchilar uchun madaniy-ma`rifiy tadbirlar, taniqli shoir va yozuvchilar, san`atkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, tarixiy obidalar, muzey va teatrlarga sayohatlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Universiada o`yinlariga tayyorgarlik ko`rish jarayoni va musobaqalar davomida uni yoritib boradigan matbuot markazi va veb-sayt guruhi tashkil etilgan. Universiadaga tayyorgarlik, uning ishtirokchilari, musobaqalar o`tadigan manzillar va boshqa ma`lumotlar bilan www.universiada-2016.uz veb-sayt orqali tanishish mumkin.
Musobaqa kundaligi va natijalari 4 xorijiy tilda butun dunyoga tarqatib boriladi.
ALYaSKADA QAMOQDAN QOChIB KETGAN JINOYaTChI YaNA QAYTIB KELDIhttps://t.co/xvOrx2f7lp pic.twitter.com/geHNZf6cSa
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 25 maya 2016 g.





