Yozning jazirama kunlari oldidan “Toshshahartransxizmat” yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qanday chora-tadbirlar ishlab chiqqan? Avtobuslarga kondisionerlar o`rnatiladimi? Bu savollarga javob olish uchun “Uz24.uz” nashri kompaniya bilan bog`landi.
“Toshshahartransxizmat” AK yaqinlashayotgan yoz mavsumida shahar jamoat transportiga kondisioner o`rnatishni rejalashtirmagan, deb xabar qilinadi nashrga yo`llangan xatda.
Kompaniya yaqin vaqt ichida kondisioner tizimiga ega avtobuslarni sotib olishni ham reja qilinmagan. Kompaniyaning eslatishicha, issiq havoga qarshi transport salonlarida darchalar yoki shift tuynuklaridan foydalanish mumkin. Ular qo`shimcha havo o`tkazadi va harakatlanish davomida ularni ochishga ruxsat etilgan.
O`tgan yili ham kompaniya avtobuslarga kondisioner o`rnatiladimi, degan savollarga qat`iyan rad javobini bergan edi. Bunga kondisioner tizimi o`rnatilgan transport vositalari va ularga texnik xizmat ko`rsatish narxi yuqoriligi sabab sifatida ko`rsatilgan edi.
RASMIY XABAR! “ARSENAL” GRANIT JAKANI “BORUSSIYa”DAN SOTIB OLDIhttps://t.co/BemxuvM6Wg pic.twitter.com/tTn5BuN6sR
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 25 maya 2016 g.





