AsosiyJamiyat

Rossiya televideniesi yana O`zbekistonni Tojikiston bilan adashtirdi

Rossiya telekanallari O`zbekistonni Tojikiston bilan birinchi marta adashtirayotgani yo`q. “Rossiya 1” telekanali yangiliklar dasturida davlatimiz O`zbekiston deb emas,  Tojikiston deb ko`rsatilgan. Bu haqda “Uz24.uz” xabar bermoqda.

Xatolikni birinchi bo`lib, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari payqagan. 

“Rossiya 1” telekanalining yangiliklar dasturi kecha, 25 may kuni soat 11:00 da efirga uzatilgan va u Toshkent shahrida o`tkazilayotgan ShHTga a`zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashiga bag`ishlangan.  

Videoda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bo`lib utgan uchrashuvni izohlamoqda. Shu paytda esa ekranda O`zbekiston o`rniga Tojikiston deb yozilganini ko`rish mumkin. 

Bu rossiyalik teleboshlovchilarning O`zbekistonga nisbatan birinchi xatoligi emas.  2014 yilda Sochida bo`lib o`tgan qishki Olimpiada o`yinlarining tantanali ochilish marosimida Rossiyalik sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniev o`zbekistonlik sportchilar maydonga chiqqan paytda “Tojikiston terma jamoasini qarshi olamiz”, deya e`lon qilgan edi.


 

Boshqa yangiliklar