AsosiyJamiyat

Prezident Samarqanddagi yangi tunnelni borib ko`rdi

'Prezident Samarqanddagi yangi tunnelni borib ko`rdi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari Samarqand shahrining Bo`stonsaroy va Rudakiy ko`chalari kesishmasida qurilgan tunnelni borib ko`rdi. 

Bu ikki ko`cha shahardagi eng katta, serqatnov yo`llardan. Tunnel qurilishi natijasida transportlar harakatiga qulaylik oshib, tirbandlik bartaraf bo`ldi. Uning uzunligi 120, kengligi qariyb 27 metr. 

Rudakiy ko`chasida avtomobil va tramvay yo`li, piyodalar va velosiped yo`laklari qurildi. Hudud obodonlashtirildi.

Shu erda Samarqandda yo`l infratuzilmasini yaxshilash bo`yicha kelgusi rejalar haqida ma`lumot berildi.

- Oxirgi yillarda Samarqand har tomonlama rivojlanayapti. Lekin hali odamlarga qulaylik va xavfsizlik jihatidan ko`p ish qilish kerak. Bu erda ham yil sayin mashinalar ko`payapti. Yo`llar, svetoforlar esa deyarli o`sha-o`sha. Shuning uchun bu sohaga ixtisoslashgan ilmiy-amaliy markaz tashkil qilish maqsadga muvofiq. Ular xorij tajribasini o`rganib, joriy etishi, qaysi yo`lni kengaytirish, qaerga yo`lak qurish, qaerda svetoforni olib tashlash bo`yicha taklif ishlab chiqishi kerak, - dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoev mazkur tunnel yaqinida, Bo`stonsaroy ko`chasida qurilgan galereya uslubidagi ko`prikni ham ko`zdan kechirdi.

Shu paytgacha yo`lning Siyob kanali ustidan o`tgan qismi ancha past bo`lib, yog`ingarchilik paytida transport va piyodalar uchun noqulaylik tug`dirardi. Shu bois yo`l 23 metrgacha ko`tarilib, eni 31 metrgacha kengaytirilgan. Yo`lning ikki chetida himoya vositasi, shovqin kamaytiruvchi to`siqlar o`rnatildi. Piyodalar va velosiped yo`laklari barpo etilgan.

Eslatib o`tamiz, Samarqandda yangi foydalanishga topshirilgan 143 mlrd. so`mlik tunneldan suv sizib chiqayotgani aks etgan video haqida xabar berilgan edi.  

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu video keng muhokamalarga sabab bo`lgach, Samarqand viloyati "1-Ko`prik qurilish otryadi" direktor o`rinbosari Azimbek Mirzaev holat bo`yicha  munosabat bildirgan.

Samarqand shahrining Bo`stonsaroy va Ro`dakiy ko`chalari kesishmasidagi tonnel tipidagi yo`l o`tkazgichda kuzatilgan suv o`tish holatiga "Ko`prikqurilish" Tresti UK ham izoh berib,  ko`prik to`liq bitmasdan bayram uchun ochib yuborilganini ta`kidlagan edi. 

    Boshqa yangiliklar