AsosiyJamiyat

"Men uyalaman, oliy ta`lim korrupsiyadan holi soha deb e`lon qilingani bu siz bilan bizga berilgan daraja emas" — A.Toshqulov

'"Men uyalaman, oliy ta`lim korrupsiyadan holi soha deb e`lon qilingani bu siz bilan bizga berilgan daraja emas" —  A.Toshqulov'ning rasmi

Avvalroq respublikadagi barcha OTMlar 23 ta mezon asosida tanqidiy o`rganilishi haqida ma`lum qilgan edik.

Ayni kunlarda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulov qator viloyatlarga safar qilib, talabalar muammolarini, ta`lim dargohlarida ularga yaratilgan shart-sharoitlarni o`rganmoqda.

Xususan, biroz avval vazirning Sirdaryoga bo`lgan tashrifi va unda talabadan eshitgan noodatiy taklifi haqida yozgan edik.

Vazir bu safar Jizzaxda bo`ldi va  viloyatdagi oliy ta`lim muassasalari ta`lim sifati va samaradorligi bilan bog`liq jarayonlarni ishchi guguh bilan o`rgandi.

2 kun davom etgan o`rganishlardan so`ng, aniqlangan muammo va kamchiliklarni muhokama qilish maqsadida viloyat hokimligi anjumanlar zalida viloyat rahbari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri hamda Ta`lim inspeksiyasi rahbari, rektorlar, maktabgacha, xalq ta`limi hududiy bo`linmalari rahbarlari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi. Bu haqda vazirlik ma`lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, bu vaqtda Abduqodir Toshqulov ta`limdagi korrupsiya masalasiga ham to`xtalib o`tdi.

"Oliy ta`limda korrupsiya bor degan tushuncha nafaqat davlat va jamiyat, balki aksariyat rahbariyatda bor degani. Shu erga kelgunimga qadar bu bilan bog`liq 5ta holatni tashlab berishdi.

Qashqadaryoda pora olgan, vodiyda olgan... Eng muhimi keyingi vaqtlarda yordamchi, kotiba, talaba bu ishga aralashib ketdi",-deydi vazir bu vaziyat kimgadir borib taqalmasa, ular bu ishga qo`l urmasligini aytib.

Toshqulov so`zi davom etarkan,  "O`zingizni yig`ishtirib oling",-deya "ayrim"larga dakki berdi.

"Sizdan iltimos, ularning hammasi ham firibgar emas, o`zingizni yig`ishtirib oling. Xalq Oliy ta`limni "yuvelir" darajada "toza" bo`lishini istaydi. Shuning uchun bundan xulosa qilish kerak. Men uyalaman, qurilish va Oliy ta`lim bu siz bilan bizga daraja emas. Uyat bu!."-, deydi u.

    Boshqa yangiliklar