Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazi yoki dizel va gazsimon yonilg`i aralashmasida yuradigan avtotransport vositalarining texnik xavfsizligi va yong`inga qarshi himoyasi bo`yicha ko`rsatmalarni tasdiqlash bo`yicha loyiha muhokama qilinmoqda, deb yozadi “Uz24.uz”
Loyihada gaz-ballon uskunasi o`rnatilgan avtomobillarga «Diqqat gaz» tanituvchi belgisini qo`yish taklif qilingan. Hujjatda haydovchilarning majburiyatlari va gaz-ballon uskunasi o`rnatish qoidalari batafsil bayon qilingan.
Metall gaz-ballonning xizmat muddati ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilanadi, ammo u:
STG (siqilgan tabiiy gaz) ballonlari uchun — 15 yil yoki 15 ming marta yoqilg`i quyish siklidan;
SNG (suyultirilgan neft gazi) ballonlari uchun — 15 yildan oshmasligi kerak.
Gaz-ballon uskunasini avtomobilga ishlab chiqaruvchi zavodda yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotda o`rnatishni nazarda tutadi. Avtotransport vositalariga o`rnatilgan gaz-ballonlarning barchasi vaqti-vaqti bilan texnik ko`rikdan o`tkaziladi.





