AsosiyJamiyat

Vazir endi Samarqand viloyati IIB boshlig`i bo`ldi

'Vazir endi Samarqand viloyati IIB boshlig`i bo`ldi'ning rasmi

Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vaziri lavozimida faoliyat ko`rsatgan Rahmat Mamatov Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyat IIBga rahbarlik qilib kelgan Shavkat Rahmonov boshqa ishga o`tgani munosabati bilan vazifasidan ozod etilgan.

Ma`lumot uchun: 

Rahmat Mamatov 1967 yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug`ilgan. Ma`lumoti – oliy, huquqshunos, polkovnik harbiy unvoniga ega. U Qarshi davlat pedagogika instituti hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

Faoliyati davomida Farg`ona viloyati IIB boshlig`i, Xorazm viloyati IIB boshlig`i, Ichki ishlar vazirining birinchi o`rinbosari, Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi mudiri lavozimlarida ishlagan.

2020 yilning 24 yanvarida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Senat majlisida Farg`ona viloyati IIB boshlig`i Rahmat Mamatovni “Mahalla” xayriya jamoat fondiga rahbar bo`lishi va senator etib tayinlanishini aytib o`tgan.

Shuningdek, 2020 yil 18 fevraldagi farmoniga muvofiq u Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vaziri lavozimiga tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar