Neolit davrining dunyodagi eng muhim aholi punktlaridan biri bo`lgan Go`beklitepa 2021 yilda 567 453 kishini qabul qildi va zamonaviy tarixidagi eng ko`p tashrif buyuruvchilar soniga erishdi.
2018 yilda YuNESKOning Butunjahon merosi ro`yxatiga kiritilgan va tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo`lganidan buyon bu makonga mahalliy va xorijiy sayyohlar tomonidan katta qiziqish bildirilgan. Go`beklitepa 2022 yilda yanada ko`proq tashrif buyuruvchilarni jalb qilishi kutilmoqda.
Shanliurfadan 15 kilometr shimoli-sharqda, O`renjik qishlog`i yaqinida joylashgan Go`beklitepa, kashf etilganidan beri mahalliy va xorijiy tashrif sayyohlarni o`ziga tortdi. Dunyoning eng qadimiy diniy yodgorliklari joylashgan 11 500 yillik Go`beklitepa maydoniga 2021 yilda jami 567 453 kishi tashrif buyurdi va pandemiya ta`siriga qaramay avvalgi tashrif buyuruvchilar rekordini yangiladi.
Go`beklitepa 2018 yilda YuNESKOning Butunjahon merosi ro`yxatiga kiritildi va u erdagi topilmalar neolit davriga oid dramatik yangi bilimlarni taqdim etdi. Go`beklitepaga 2022 yilda rekord darajadagi tashrif buyuruvchilarni qabul qilishi kutilmoqda.
Neolit davriga yangi qarash: Go`beklitepa
Go`beklitepa Miloddan avvalgi 9600 yillarga to`g`ri keladigan tarixga ega. Balandligi 5,5 metrga etgan Go`beklitepeda T shaklidagi obelisklar inson tomonidan yaratilgan monumental arxitekturaning birinchi namunalaridir. Mifologik hikoyani eslatuvchi hayvon naqshlari, geometrik shakllar va inson tasvirlarini o`z ichiga olgan bu obelisklar, Go`beklitepaning e`tiqod markazi sifatida ishlatilganligini ko`rsatadi.
Metall asboblar hali mavjud bo`lmagan bir davrda chaqmoq toshidan o`yilgan Go`beklitepa obelisklari ham dunyodagi eng qadimgi haykallar va insoniyat tarixidagi eng qadimgi san`at asarlari hisoblanadi. Go`beklitepa, shuningdek, o`troq hayotga o`tishning ilk namunalariga mezbonlik qiladi. Bu neolit davri jamoalarining ijtimoiy tashkilotga ega bo`lganligini va e`tiqodga asoslangan maqsadda birlashishi mumkinligini ko`rsatadi.






