AsosiyJamiyat

Yunusoboddagi daraxtlar tagining betonlab ketilgani bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Yunusoboddagi daraxtlar tagining betonlab ketilgani bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Avvalroq, Toshkent shahar Yunusobod tumani Shahriston ko`chasida daraxtlarning tagi betonlanib, ularga noqonuniy tarzda shikast etkazish holati sodir etilgan edi. 

Ayni paytda Bosh prokuaturaning ma`lum qilishicha, Yunusobod tumani hududidagi daraxtlar osti betonlanishiga yo`l qo`yilganligi holati yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilib, natijasiga ko`ra, JKning 198-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Aniqlanishicha, 2021 yil 14 dekabr kuni soat taxminan 03.00 dan 07.00 ga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida Yunusobod tumani A.Temur va Chinobod ko`chalari kesishuvida joylashgan 1-uyning yonidagi 1,5 sotix er maydonidagi daraxtlarning pastki qismlari noma`lum shaxslar tomonidan kesilib, jami 10 dona “Eldor qarag`ayi” daraxtlariga shikast etkazilgan, natijada o`simlik dunyosiga 83.160.000 so`mlik zarar keltirilgan.  

Bundan tashqari, joriy yilning  3 fevral kuni noma`lum shaxslar tomonidan mazkur er uchastkasidagi “Eldor qarag`ayi” daraxtlarining tagi betonlanganligi aniqlangan.  

Hozirda, ushbu jinoyat ishi yuzasidan Yunusobod tuman IIO FMB tergov bo`limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Natijasi haqida qo`shimcha ma`lum qilinishi ta`minlanadi.

Mavzuga doir:

Davlat ekologiya qo`mitasi raisi Yunusobod tumanidagi daraxt ekilgan uchastkani 24 soat nazoratga olishni buyurdi

    Boshqa yangiliklar