AsosiyDunyo

Bayden va Zelenskiyga "Nobel" mukofoti berish taklif qilindi

'Bayden va Zelenskiyga "Nobel" mukofoti berish taklif qilindi'ning rasmi

Ukraina Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashenko "Fokus" nashrida e`lon qilingan maqolasida AQSh va Ukraina prkzidentlariga "Nobel" mukofoti berishni taklif qildi. Maqolada aytilishicha, Bayden va Zelenskiy to`liq masshtabli urush bo`lishining oldini olgani uchun mukofotga loyiq

"Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga yo`l qo`ymagan Vladimir Zelenskiy, Jo Bayden, Boris Jonson, Emmanuel Makron va boshqa etakchilar kuchlarini birlashtirib Evropada ikkinchi sovuq urush boshlanishining oldini oldi va ular bu yil "Nobel" tinchlik mukofotini qo`lga kiritishi kerak", - degan Gerashenko.

Shuningdek, u 16 fevral kuniga rejalashtirilgan "hujum" Ukrainaning g`arbiy hamkorlari bilan birlashgani sababli amalga oshmaganini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar