AsosiySport

Ronaldu va Messining ketishidan moliyaviy zarar ko`rganimiz yo`q — La Liga prezidenti

'Ronaldu va Messining ketishidan moliyaviy zarar ko`rganimiz yo`q — La Liga prezidenti'ning rasmi

La Liga prezidenti Xaver Tebas yulduz futbolchilarning Ispaniya chempionatini tark etishi Primeraga moliyaviy tomondan zarar keltirmaganini ma`lum qildi.

«Messining ketishi iqtisodiy oqibatlarga sabab bo`ldimi? Yo`q. Hech qanday zarar ko`rmadik. Ronaldu va Messi singari yulduzlarning Ispaniyadan ketishi La Ligaga moliyyaviy holatiga ta`sir qilgani yo`q.

Ronalduning A Seriyaga ko`chib o`tishidan keyin bu liga o`sdi, deya olmaysiz. Biz yaqinda ESPN bilan 8 yillik shartnoma imzoladik. Ushbu mediaxolding 8 yildan keyin La Ligada kimlar o`ynashini biladi deb o`ylaysizmi? Yo`q, bilmaydi. Ammo ular shuni aniq bilishadiki, La Ligada moliyaviy barqarorlik bo`ladi va eng yaxshi o`yinchilar bizda to`p surishadi», - deya Tebasning so`zlarini keltirgan El Periodico de Espana.

Avvalroq, Tebas Kilian Mbappening yozda La Ligaga ko`chib o`tishi turnir uchun sodir bo`lishi mumkin bo`lgan eng yaxshi voqelik, deya aytib o`tgandi.

    Boshqa yangiliklar